Oliy ta’lim muassasalarida 2024-yil davlat dasturi loyihasining jamoatchilik muhokamalarini keng yoritish

Oliy ta’lim muassasalarida 2024-yil davlat dasturi loyihasining jamoatchilik muhokamalarini keng yoritish

    Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 2-fevraldagi “Oliy ta’lim muassasalarida 2024-yil davlat dasturi loyihasining jamoatchilik muhokamalarini keng yoritish bo‘yicha” media-rejasiga asosan joriy yilning 7-fevral sanasida Urganch davlat universitetida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmon loyihasi va uning mazmun-mohiyati yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

   Uchrashuv davomida Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi ходими M.Rahmonov, UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev, “Tarix” kafedrasi dotsenti D.Atayeva talaba-yoshlarga farmon loyihasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish yuzasidan maʼruza qildilar.


     Loyihada oliy taʼlimga qamrab olish darajasini kengaytirish, oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, oliy taʼlim muassasalarida oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni qayta ko’rib chiqish, oʻquv dasturlarini jahonning nufuzli universitetlari namunasi asosida takomillashtirish kabi qator vazifalar xususida talabalarga batafsil maʼlumotlar berildi.     Oliy ta’lim muassasalarida 2024-yil davlat dasturi loyihasining jamoatchilik muhokamalarini OAVlar va oliy ta’lim muassasalarining veb-saytlarida keng yoritish ishlari olib borilmoqda.
8-02-2024, 20:17
Sahifaga qaytish