Barcha yangiliklar RSS

E'lon va tadbirlar

Bugundan 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabuli boshlandi

🔰 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2025-yil 9-sinf bitiruvchilari 515 ta texnikumning birida kunduzgi yoki dual ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qish uchun my.edu.uz elektron platformasi orqali 1-iyuldan 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

▪️Platformaga:
➖ tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta maʼlumotlari;
➖ 3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.

✔️ Maʼlumot oʻrnida, joriy yil 139 245 nafar 9-sinf bitiruvchisi davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Shundan:
➖118 595 nafari kunduzgi ta’lim shakliga;
➖20 650 nafari dual ta’lim shakliga.
2-07-2025, 14:26
Ko'rishlar: 28
Sahifani chop etish