“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” Respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi
Xorazm viloyati oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi tasarrufidagi kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” Respublika ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Mazkur tanlov 13 ta jamoalar o‘rtasida 2025 yilning 20 fevral kuni O‘zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 54-son yig‘ilish bayoni hamda “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” Respublika tanlovini o‘tkazish tartibini belgilovchi nizom va tavsiyalar asosida uyushqoqlik va yuqori darajada o‘tkazildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra Yangibozor tuman 2-son politexnikumining “Yosh ekologlar” jamoasi 1-o‘rinni, Bog‘ot tuman 1-son politexnikumining “Yosh ekologlar” jamoasi 2-o‘rinni va Urganch shahar 2-son politexnikumining “Yashil voha” jamoalari 3-o‘rinni egalladilar.
G‘olib jamoalar hamda nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib chiqqan ishtirokchilar boshqarmaning dipolm va qimmat baho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.





