Barcha yangiliklar RSS

E'lon va tadbirlar

"World Skills Asia 2025"ga saralash

2025-yilning oktabr oyida “WorldSkills Asia-2025” Osiyo kasb-mahorat tanlovi Tayvan Xitoy Respublikasining Taypey shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur chempionatda muvafaqqiyatli ishtirok etish hamda ishtirokchi va ekspertlarning ruhiy va malakaviy tayyorgarligini oshirish maqsadida, joriy yilning 3-5-dekabr kunlari Xorazm arxitektura va qurilish texnikumida Worldskills standartlari bo‘yicha Quruq qurilish va suvoqchilik yo‘nalishi nazorat tanlovi o‘tkazilishi belgilangan edi. Nazorat tanlovi umumiy hamkorlarimiz O‘zbekiston ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsatsiyasi hamda KNAUF GIPS BUXORO” XK MChJ larning o‘zaro hamkorlik kelishuvi va homiyligi asosida tashkil etildi.
Ushbu nazorat tanlovini ochilish marosimi 2024-yilning 2-dekabr kuni Xorazm arxitektura va qurilish texnikumi sport zalida o‘tkazildi. Tanlovda Buxoro arxitektura va qurilish texnikumidan 2 nafar, Olmaliq arxitektura va qurilish texnikumidan 1 nafar va Xorazm arxitektura va qurilish texnikumidan 2 nafar talabalar tanlovda ishtirok etishdi.

5-dekabr kuni tanlovning yopilish marosimi bo‘lib o‘tib, unda ishtirokchilar quyidagicha o‘rinlarga ega bo‘lishdi:

1-o‘rin – Buxoro arxitektura va qurilish texnikumidan Nusratov Sobirjon;

2-o‘rin – Buxoro arxitektura va qurilish texnikumidan Bafoev Behruz;

3-o‘rin – Xorazm arxitektura va qurilish texnikumidan Ilhomboev Ravshanbek.

 

G‘olib ishtirokchilar O‘zbekiston ishchi kasblarni rivojlantirish va ommalashtirish assotsatsiyasi, KNAUF GIPS BUXORO” XK MChJ va Xorazm arxitektura va qurilish texnikumining Sertifikat, Tashakkurnoma va estalik sovg‘alari bilan mukofotlandilar.

 
7-12-2024, 11:34
Ko'rishlar: 101
Sahifani chop etish