Barcha yangiliklar RSS

E'lon va tadbirlar

“Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida xalqaro hamkorlik

Joriy yilning 16-17-oktabr kunlari Xitoyning XCMG kompaniyasi bilan hamkorlikda Xitoyning Syuychjo professional sanoat-texnika texnikumi va Syuychjo mashinasozlik kolleji rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Xorazm viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshchiligida viloyatdagi mos mutaxassisliklari mavjud professional ta’lim muassasalar direktorlari hamda Urganch davlat universitetining Texnika fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi va kelgusida hamorlikni yo‘lga qo‘yish hamda tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Xitoyning mazkur ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining viloyatdagi professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni o‘qitish jarayonlarini tashkil etish ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakuninida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha memorandum imzodashga kelishib olindi.



29-10-2024, 10:25
Ko'rishlar: 92
Sahifani chop etish