Профессионал таълим педагоглари аттестацияси-2024
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 158-sonli “O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyasining test sinovlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan joriy yilning 20-24 may kunlari Xorazm viloyatidagi professsional ta’lim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyasining test sinovlari o‘tkazildi.
Attestatsiya test imtihonlari jarayonlariga 497 nafar pedagoglar jalb qilindi. Attestatsiya natijalariga ko‘ra, oliy toifali pedagoglar soni 8 barobarga, birinchi toiifali pedagoglar soni 1,6 barobarga, ikkinchi toiifali pedagoglar soni 2 barobarga oshib, mutaxassis toifali o‘qituvchilar soni 2,4 barobarga kamaygan.






