Barcha yangiliklar RSS

E'lon va tadbirlar

“Talabalar festivali”

Joriy yilning 13-17 may kunlari viloyatimizda ilk bor  “Talabalar festivali”  o‘tkazildi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining viloyat boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligining viloyat boshqarmasi va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil qilingan ushbu festival doirasidagi tadbirlarda viloyatimiz oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 40 ming nafardan ziyod talaba yoshlar ishtirok etdi. Haftalik doirasida o‘tkazilgan  kitobxonlik, she’riyat kechalari, turli intellektual bellashuvlar, ko‘rik tanlovlar, sport musobaqalari yuzlab yangi iqtidor egalarini kashf qildi. Festivalning yakuniy tadbirida viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov ishtirok etib, ko‘rik tanlovlar va sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan talaba yoshlarni munosib taqdirladi.








19-05-2024, 10:38
Ko'rishlar: 46
Sahifani chop etish