BARKAMOL AVLOD-2023 SPORT MUSOBAQASIDA MUVOFFAQIYATLI BIRINCHI QADAM.
Barkamol avlod sport musobaqasining o‘quvchi yoshlar o‘rtasida Badminton sport turi bo‘yicha Respublika final bosqichi joriy yilning 1-3-fevral kunlari Sirdaryo viloyatining Guliston shaxrida jami 14 ta jamoa ishtirok bo‘lib o‘tdi. Viloyatimiz sportchilari mazkur musobaqada faol qatnashib, umumjamoa hisobida faxirli 1-o‘rinni o‘rinni egallab oltin medallarni qo‘lga kiritishdi. G‘olib va sovrindorlarni Xorazm viloyati Oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Oybek Baxtiyorovich Otamuratov, Xorazm viloyati Badminton sport turi bosh murabbiyi Alisher Erimov, shuningdek, ta’lim muassasa rahbarlari va sportchilarning ota va onalari kutib olishdi. Boshqarma boshlig‘i sportchilarimizni Badminton sport turi bo‘yicha Respublika final bosqichida muvoffaqiyatli ishtiroq qilib fahrli birinchi o‘rinni egallaganliklari bilan tabriklab, ta’lim muassasa raxbarlari, ota-onalar va sportchilarimizga kelgusida bundanda yuqori natijalarga erishishlarida ulkan zafarlar tiladilar.
8-02-2024, 21:06
Ko'rishlar: 82
Sahifani chop etish
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг
Powered by GSpeech